Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyada og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Rossiyaning Rostov-Don shahrida mehnat faoliyati davomida og‘ir jarohat olgan O‘zbekiston fuqarosi D.U. vatanga qaytarildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa oqibatida turli tan jarohatlarini olgan fuqaro mahalliy tibbiyot muassasalaridan biriga yotqizilgan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi hamda Migratsiya agentligining vakolatxonasi hamkorligida fuqaroni vatanga qaytarish choralari ko‘rilgan. Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, uni tibbiy evakuatsiya qilishga qaror qilingan.

Buning uchun O‘zbekistondan ikki nafar tibbiyot mutaxassisi Rossiyaga yuborilgan. Ular parvoz davomida fuqaroning sog‘lig‘ini nazorat qilib borgan.

Tashkiliy ishlar yakunlangach, D.U. shifokorlar hamrohligida Mineralniye Vodi — Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar