“Onamni ko‘rgani boraman”: Xilola Xamidova yangi klipini taqdim etdi (video)

“Onamni ko‘rgani boraman”: Xilola Xamidova yangi klipini taqdim etdi (video)

Xonanda Xilola Xamidova “Onamni ko‘rgani boraman” nomli yangi taronasi uchun suratga olingan videoklipni muxlislariga taqdim etdi. San’atkor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida klipni YouTube platformasida tomosha qilish va o‘z fikr-mulohazalarini bildirish mumkinligini ma’lum qildi.

Yangi ijod namunasi muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Tomoshabinlar klipning chiroyli suratga olingani, qo‘shiq esa qalblarga ta’sir qilishi haqida fikrlar qoldirishmoqda.

Videoklipda ijtimoiy tarmoqlarda “Asalim” degan iborasi bilan tanilgan Malika xola ham rol ijro etgan. Uning klipdagi ishtiroki ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmadi. Ko‘pchilik Malika xolaning obrazni mahorat bilan gavdalantirganini ta’kidlab, uning ijrosiga ijobiy baho bermoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar