Ajrashuvni bayramga aylantirgan koreyalik ayol ijtimoiy tarmoqlarda muhokamada (video)

Janubiy koreyalik bloger ajrashganini bayramdek nishonladi. 37 yoshli yolg‘iz ona Cho Seung-yon turmushining yakunlanishini hayotidagi mag‘lubiyat emas, balki yangi hayot bosqichining boshlanishi sifatida qabul qilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ayol rasman ajrashganidan xursand bo‘lib, bu voqeani dugonalari va yaqinlari davrasida nishonlagani aks etgan. Uning noodatiy munosabati internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi.
Videoni tomosha qilganlar izohlarda turlicha fikr bildirmoqda. Ayrimlar ayolning o‘z hayotida yangi sahifa ochishga bo‘lgan qarorini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar uning ajrashuvni bayram tarzida nishonlashiga munosabat bildirgan.































Izohlar 0
…