Qarshidagi kafeda tongda yong‘in kelib chiqdi
1 daqiqa o'qish313

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 9 noyabr kuni soat 08:02 da “Cho‘lquvar” mahallasi Islom Karimov ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexi hududidagi kafeda yuz bergan. Holat haqidagi xabar tushgach, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 08:06 da joyga yetib borgan.
Hozirgi vaqtda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilgan, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.
Mutaxassislar yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…