
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi avtoshox bekatida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi o‘rganish olib bordi, deb xabar berdi IIB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 5-noyabr kuni soat 15:35 da A.Temur ko‘chasida joylashgan “Avtoshox bekat” hududida Andijon–Qo‘qon yo‘nalishida ishlovchi ikki haydovchi o‘zaro kelishmovchilik sabab janjallashgan.
Aniqlanishicha, 1992 yilda tug‘ilgan Asaka tumanida yashovchi A.X. va 1993 yilda tug‘ilgan qo‘qonlik O.X. o‘rtasida og‘zaki tortishuv kelib chiqqan. Boshqa fuqarolarga zarar yetmagan.
Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, fuqaro O.X.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, u 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi bilan jazolandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.