date

AQSHda o‘zbekistonlik erkak terrorizmda gumonlanib qo‘lga olindi

AQSHda o‘zbekistonlik erkak terrorizmda gumonlanib qo‘lga olindi

AQShda yashovchi o‘zbekistonlik 31 yoshli Axror Bozorov terrorizmda gumonlanib qo‘lga olindi. AQSh Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) ma’lumotlariga ko‘ra, u mamlakatga noqonuniy kirib kelgan bo‘lsa-da, unga rasman ishlash ruxsatnomasi berilgan. Shu bilan birga, u Pensilvaniya shtatida yuk mashinasi haydovchisiga beriladigan CDL litsenziyasini ham olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bozorov 2022-yilda O‘zbekistonda terroristik tashkilotga aloqadorlikda va internet orqali jihod g‘oyalarini targ‘ib qilganlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan. Uning xalqaro qidiruvda ekani, biroq AQShda qonuniy ishlashiga ruxsat berilgani tanqidga sabab bo‘ldi.

ICE xabar berishicha, Axror Bozorov 2025-yil 9-noyabr kuni Kanzas shtatining yo‘llaridan birida yuk mashinasini haydab ketayotganida qo‘lga olingan. Hozirda unga nisbatan tergov ishlari boshlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » AQSHda o‘zbekistonlik erkak terrorizmda gumonlanib qo‘lga olindi