Yashnobod va Mirzo Ulug‘bekda qisqa muddatli elektr uzilishi bo‘ldi

Toshkent shahrining Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.
Ma’lumotga ko‘ra, 2026 yil 25 avgust kuni soat 02:15 da iste’molchi balansida bo‘lgan va 35 kV kuchlanishli L-D-T-1 elektr uzatish tarmog‘iga ulangan kabel tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Shu sabab tarmoqda “yerga tutashish” holati qayd etilgan.
Xavfsizlik choralari doirasida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirilgan. Natijada 35/6 kV kuchlanishli “Tuzel” podstansiyasiga ulangan Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mahallalarda elektr energiyasi yetkazib berishda qisqa muddatli uzilishlar sodir bo‘lgan.
Hozirda “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari nosozlikni bartaraf etish va elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha tezkor ishlarni olib bormoqda.































Izohlar 0
…