Jizzaxdagi restoranda yong‘in sodir bo‘ldi

Kecha, 11 iyul kuni Jizzax shahridagi restoranlardan birida yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 07:14 da Jizzax shahri “O‘ratepalik” mahallasi hududida joylashgan restoranda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.
Shundan so‘ng yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga tezkor ravishda yetib borib, yong‘inni 07:24 da qurshab olgan. Yong‘in 08:10 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.






























Izohlar 0
…