YPX inspektori haydovchini nohaq to‘xtatgani janjalga aylandi

1 daqiqa o'qish237
YPX inspektori haydovchini nohaq to‘xtatgani janjalga aylandi

Buxoroda yo‘l-patrul xizmati inspektori bilan haydovchi o‘rtasidagi noxush vaziyat keng muhokamaga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, Romitan tumanida xizmat olib borayotgan kichik serjant Sayfiyev Equinox boshqarayotgan haydovchidan yo‘l berishni talab qilib, mashinaning chiroqlarini bir necha bor o‘chirib-yoqqan.

Biroq voqea shu bilan cheklanmagan. Inspektor haydovchining old tomoniga o‘tib, unga asossiz ravishda “avariya sodir etdingiz” degan ayblovni qo‘ygan va hech qanday kamerasiz uni yo‘l chetiga chiqishga majburlagan. Bu harakatlar haydovchida haqli savollar uyg‘otdi va internetda jiddiy muhokamani keltirib chiqardi.

Viloyat YHXX rahbariyati bu holatdan xabardor bo‘lgani aytilmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, kichik serjant Sayfiyevga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, inspektorning harakatiga qonuniy baho berilishi bildirilgan.

O‘quvchilar o‘rtasida “inspektor nega bodi-kamerasiz harakat qilgan?”, “ayblov qayerdan paydo bo‘ldi?” kabi savollar ko‘paymoqda. Yaqin kunlarda vaziyat yuzasidan rasmiy xulosa e’lon qilinishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?