date

Tezkor tadbir davomida noqonuniy pirotexnika aniqlandi

Tezkor tadbir davomida noqonuniy pirotexnika aniqlandi

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Farg‘ona viloyati IIB hamda Farg‘ona tumani IIB tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida pirotexnika vositalari bilan bog‘liq qonunbuzarlik holati fosh etildi.

1999 yilda tug‘ilgan, Yordon mahallasida yashovchi A.E. boshqaruvidagi avtomobil to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada transport vositasida yirik miqdorda pirotexnika mahsulotlari borligi aniqlandi.

Jumladan, mashinadan turli nomdagi 156 dona va 28 800 dona pirotexnika vositalari topildi. Ularning umumiy qiymati 25 million so‘mga teng bo‘lib, barchasi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Rasmiylar ushbu kabi noqonuniy harakatlarga qarshi kurashishda qat’iy choralar ko‘rilishini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Tezkor tadbir davomida noqonuniy pirotexnika aniqlandi