Damasdan topilgan 1,4 mlrdlik “oltin reys” fosh etildi

1 daqiqa o'qish154
Damasdan topilgan 1,4 mlrdlik “oltin reys” fosh etildi

Farg‘onada yirik qiymatga ega noqonuniy zargarlik aylanmasiga chek qo‘yildi. Bojxonaning ma’lum qilishicha, Oltiariq tumanida nazoratga olingan “Vodil–Oltiariq” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Damas to‘xtatilib, qonunbuzarlik aniqlangan.

Tekshiruv paytida salonning deyarli har bir qismiga joylangan uchta o‘ram topildi. Hujjatsiz holda olib kirilgan ushbu to‘plamlar yo‘lovchi sifatida ketgan shaxsga tegishli bo‘lgan.

O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, bu — og‘irligi 1 kg 332 gramm keladigan, 5 xil turdagi 127 dona zargarlik buyumi bo‘lib, dastlabki baholashga ko‘ra umumiy qiymati 1 mlrd 440 mln so‘mni tashkil etadi.

Bundagi har bir halqa, ziryak va taqinchoq hech qanday rasmiylashtiruvsiz mamlakatga olib kirilgan. Holat yuzasidan hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?