Toshkentda portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan yigit 6 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish2.3K
Toshkentda portlash uyushtirmoqchi bo‘lgan yigit 6 yilga qamaldi

Toshkentda xavfli qo‘poruvchilik harakatlariga tayyorgarlik ko‘rgan, Qashqadaryoda tug‘ilgan 20 yoshli yigitga sud hukmi chiqarilib, u 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Yakkasaroy tumani sudida ko‘rilgan ish bo‘yicha ayrim medialarda noto‘g‘ri talqinlar paydo bo‘lgani ortidan vaziyatga rasmiy idoralar izoh berdi.

Tergo‘v materiallariga ko‘ra, T.N. 2023 yildan internet orqali mustaqil ravishda diniy ma’lumotlar o‘rgana boshlagan va bu jarayonda ekstremistik va terroristik guruhlar g‘oyalarining ta’siriga tushgan. U mamlakatda olib borilayotgan islohotlarga qarshi chiqib, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” tashkiloti a’zolari bilan onlayn muloqotga kirishgan.

Shundan so‘ng u “Instagram” orqali Suriyadagi jangarilar bilan bog‘lanib, o‘z qarashlarini yanada keskinlashtirgan. Muhimi, u Suriyaga chiqib ketish va terrorchi guruhlar tarkibiga qo‘shilish yo‘llarini ham izlagan.

T.N. shu bilan birga tarmoqlarda taqiqlangan materiallarni saqlagan va tarqatgan, Toshkentda portlash uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rgani ham aniqlangan.

Ayblovlar Jinoyat kodeksining terrorizm va ekstremizmga oid bir nechta moddalari bilan qo‘yilgan. Sanksiyalar og‘ir bo‘lishi mumkin bo‘lsa-da, sud yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan holda 6 yillik jazo tayinladi.

Taraflarga hukmdan norozi bo‘lgan taqdirda apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati berish huquqi borligi tushuntirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?