date

Jizzaxda Nexia va Kamaz to‘qnashuvi natijasida yosh yigit vafot etdi

Jizzaxda Nexia va Kamaz to‘qnashuvi natijasida yosh yigit vafot etdi

Kecha, 9 dekabr kuni Jizzax viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi 19 yoshli yigitning halok bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea soat 05:10 lar atrofida Jizzax shahar “Xayrobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi D-047 “Jizzax shahar – Do‘stlik – Gagrin – M39” avtomobil yo‘lining 5-kilometrida qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2006 yilda tug‘ilgan, Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi haydovchi Nexia-3 avtomobilida Olmachi–Xayrobod yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan paytda rul boshqaruvini yo‘qotgan.

Shu bois yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan transport vositasi Sharof Rashidov tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan “Kamaz-53212” yuk avtomobili bilan keskin to‘qnashgan. Urinish shiddati natijasida Nexia-3 salonidagi yosh haydovchi og‘ir tan jarohatlari olgan.

Ma’lum qilinishicha, jabrlangan yigit Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali reanimatsiya bo‘limiga yetkazilgan, biroq shifokorlarning barcha harakatlariga qaramay, o‘sha yerda vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda Nexia va Kamaz to‘qnashuvi natijasida yosh yigit vafot etdi