Namangan va Jizzaxda mahkumlarga tibbiy yordam kechiktirilgan

1 daqiqa o'qish457
Namangan va Jizzaxda mahkumlarga tibbiy yordam kechiktirilgan

Namangan va Jizzax viloyatlarida mahkumlarga tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan holatlar jamoatchilik e’tiborini tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil — Ombudsman ushbu holatlarni nazoratga oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax viloyatidagi 29-son manzil-koloniyada saqlanayotgan mahkum og‘ir ahvolda bo‘lishiga qaramay, ikki kun davomida to‘liq tibbiy yordam ola olmagan. U yuqori harorat va isitma bilan bir necha tibbiyot muassasalariga olib borilgan, ammo ayrim joylarda to‘lov yoki yo‘llanma talab qilingan, boshqalarida esa mutaxassis shifokor yo‘qligi sababli qabul qilinmagan. Keyinchalik unda o‘pka bilan bog‘liq og‘ir kasalliklar aniqlangan.

Ombudsman aralashuvidan so‘ng mahkum zudlik bilan shoshilinch tibbiy yordam markaziga yetkazilib, statsionar davolanishga joylashtirilgan. Zarur muolajalardan keyin dori-darmon bilan ta’minlangan.

Shuningdek, tekshiruvlar davomida Jizzax shahar vaqtincha saqlash hibsxonasida va Namangan viloyatidagi tergov hibsxonasida ham tibbiy yordam bilan bog‘liq muammolar aniqlangan. Xususan, homilador mahkuma tibbiy ko‘rik va davolanish masalasida murojaat qilgan.

Barcha holatlar Ombudsman tomonidan alohida nazoratga olinib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Huquqni himoya qilish organlari mahkumlarning sog‘lig‘i davlat himoyasida ekanini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?