Avtobusni eshiklarini ochib haydagan haydovchiga chora ko‘rildi

Avtobusni eshiklarini ochib haydagan haydovchiga chora ko‘rildi

Toshkentda harakatlanayotgan avtobusni ochiq eshiklar bilan boshqargan haydovchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi. Bu holat ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lovchilardan biri qoldirgan murojaat ortidan «Toshshahartransxizmat» mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan.

Tekshiruvda 2026 yil 4 oktyabr kuni O. E. D. texnik jihatdan soz avtobusni boshqarayotgan vaqtda eshiklar ochiq holda harakatlangani aniqlangan. Bu bilan haydovchi lavozim yo‘riqnomasi talablarini buzgan.

Aniqlangan holat bo‘yicha haydovchiga intizomiy jazo qo‘llandi. 2026 yil 5 oktyabrdagi 88-sonli buyruqqa asosan, unga bir oylik ish haqining 10 foizi miqdorida jarima belgilangan.

12-sonli avtobus saroyi rahbariyati yo‘lovchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

«Toshshahartransxizmat»da yo‘lovchilar xavfsizligi va avtobuslardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi doimiy nazoratda ekani ma’lum qilindi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida nazorat choralari kuchaytirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar