08:13 / 18.02.2017
7 627

O‘zbekiston va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘rtasida memorandum imzolandi

Rossiya onkologiya ilmiy markazi va O‘zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi onkologiya ilmiy markazi va N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi o‘rtasida hamkorlikni kengaytirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi jahondagi etakchi tibbiy-ilmiy muassasalardan biridir.

Tadbirda imzolangan memorandum doirasida onkologik kasalliklar bilan kurashish bo‘yicha ilmiy, amaliy va uslubiy hamkorlikni kengaytirish, mutaxassislarning malakasini oshirish, ilm-fan yutuqlarini ommalashtirish, tibbiy xizmatni rivojlantirish bo‘yicha qator tadbirlar rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston onkologiya xizmatining ilmiy-amaliy, moddiy-texnik salohiyati jahon andozalari talablariga to‘la javob beradi. Bugungi tadbir o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim qadam bo‘ldi. Ilmiy-amaliy aloqalarni yanada kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar yuzasidan tajriba almashish, kadrlar tayyorlash va tibbiy ta’limni takomillashtirishga doir qator loyihalarni rejalashtirganmiz. Bu ishlar tibbiyot rivoji va inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi”, deydi N.Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy markazi direktori, akademik Mixail Davidov.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev ishtirok etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Rossiya onkologiya ilmiy markazlari o‘rtasida memorandum imzolandi