Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
1 daqiqa o'qish1.1K

14 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 23:59 da tumanning Niyoziy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birida yong‘in yuz bergan. O‘shandan so‘ng, FVBBga tezkor xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 00:04 da holatga yetib borib, faol harakat qilib, 00:37 da yong‘inni to‘liq bartaraf etgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohatlari olgan shaxslar haqida ma’lumot berilmagan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari yong‘inning o‘z vaqtida o‘chirilishi va hodisa oqibatida qurbonlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…