YPXni masxaralagan video muallifi 7 sutkaga qamaldi

1 daqiqa o'qish393
YPXni masxaralagan video muallifi 7 sutkaga qamaldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Surxondaryo viloyatining Denov tumanida YPX xodimlarini videoga olib, haqoratli izohlar bilan Instagram'ga joylashtirgan fuqaroga 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
  • U videoni 2026 yil 9 yanvar kuni xizmat vazifasini bajarayotgan inspektorlarni tasvirga olib tayyorlagan va lavhalar 2,5 million martadan ortiq tomosha qilingan.
  • Huquqbuzar sudda aybini to'liq tan olib, videoni obunachilar sonini oshirish maqsadida joylashtirganini bildirgan.
Surxondaryo viloyatida yo‘l-patrul xizmati xodimlarini obro‘sizlantiruvchi video tasvirga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan fuqaroga nisbatan qat’iy chora ko‘rildi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Denov tumanida yashovchi fuqaro 2026 yil 9 yanvar kuni xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimlarini videoga olgan. Keyinchalik u mazkur lavhalarga haqoratli ovoz va izohlarni montaj qilib, shaxsiy Instagram sahifasiga joylashtirgan. Natijada ushbu video inspektorlarning sha’ni va obro‘siga putur yetkazgan.
Xodimlarning aytishicha, video qisqa vaqt ichida 2,5 million martadan ortiq tomosha qilingan. Izohlar esa haqorat va haqqoratlarga to‘lgan bo‘lib, bu holat jamoatchilik orasida salbiy kayfiyatni kuchaytirgan. “Izohlarda men haqimda ham, ota-onam haqida ham og‘ir so‘zlar qoldirilgan. Qattiqroq chora ko‘rilsa, bu boshqalarga ham saboq bo‘ladi”, degan inspektorlardan biri.
Huquqbuzar sud jarayonida aybini to‘liq tan olgan. U videoni faqat obunachilar sonini oshirish maqsadida joylashtirganini, qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirgan.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan foto yoki video materiallarni tarqatishni nazarda tutuvchi moddasi bilan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Aytish joiz, bu kabi holatlar avval ham kuzatilgan. Qashqadaryo viloyatida YPX inspektorini obro‘sizlantirish maqsadida videolar tarqatgan shaxs ham 7 sutkaga qamalgan edi. Shuningdek, Toshkent shahrida YPX xodimini avtomobil kapoti ustida sudrab ketgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, Surxondaryoda yana bir holatda YPX inspektorlarini haqoratlab, videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan haydovchi ayolga 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi berilgan.
Mutaxassislar fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda mas’uliyatli bo‘lishga, xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarni haqorat qilish yoki obro‘sizlantirish qonun oldida javobgarlikka olib kelishini unutmaslikka chaqirmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?