Alkotester bilan qo‘rqitib pul undirgan YPX inspektori fosh etildi

1 daqiqa o'qish380
Alkotester bilan qo‘rqitib pul undirgan YPX inspektori fosh etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Jizzax viloyatida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash o'rniga, haydovchilardan alkotester bilan qo'rqitib pul undirgan YPX inspektori fosh etildi.
  • Inspektor haydovchidan 1 million so'm talab qilib, 500 ming so'mni plastik karta orqali olgan.
  • Ushbu holatlar bo'yicha xizmat tekshiruvi o'tkazilib, uch nafar xodimga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Jizzax viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash o‘rniga, haydovchilarni alkotester bilan qo‘rqitib, noqonuniy pul undirib kelgan YPX xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, G‘allaorol tumanida xizmat olib borgan YPX inspektori Lacetti rusumli avtomashinani to‘xtatib, haydovchini alkotester orqali tekshirgan. Haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilmaganini aytganiga qaramasdan, inspektor uni xizmat xonasiga olib kirib, hujjat rasmiylashtirmaslik va chora ko‘rmaslik evaziga 1 million so‘m talab qilgan. Haydovchi esa kelishuvga bora olmay, xodim bergan plastik kartaga 500 ming so‘m o‘tkazib bergan.

Tekshiruvlar davomida mazkur inspektor avval ham shunga o‘xshash holatlarni sodir etgani ma’lum bo‘ldi. U alkotester so‘nggi 72 soatda iste’mol qilingan spirtli ichimlikni ham “aniqlay olishi”ni aytib, haydovchilarni chalg‘itgan. Ayrim holatlarda pullar uning tanishiga tegishli plastik karta orqali olingan.

Tezkor tadbirlar chog‘ida ushbu karta egasi G‘allaorol tumani “Baxt” mahallasida yashovchi, jarima maydonida ishlovchi shaxs ekani va inspektor bilan aloqadorligi aniqlangan.

Bundan tashqari, shu viloyatda YPX inspektori hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining qidiruv bo‘linmasi katta inspektori ham tamagirlikda fosh etildi. Ular jarima maydonida turgan Gentra avtomashinasini 1 million 300 ming so‘m evaziga noqonuniy chiqarib berishgan. Shuningdek, qarzdorligi sabab ushlab turilgan Nexia avtomashinasini ham 500 ming so‘mga “yordam” orqali chiqarib berishgani ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, barcha materiallar prokuratura organlariga yuborildi. Natijada uch nafar xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qonunni muhofaza qilishi kerak bo‘lgan ayrim mansabdorlarning qasamyo‘dni pulga sotishi jamiyatda keskin muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mas’ul idoralar bunday holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?