1 iyuldan qaysi hujjatlar elektron tekshiriladi?

1 iyuldan qaysi hujjatlar elektron tekshiriladi?

1 iyuldan yo‘l-patrul xizmati tomonidan hujjatlarni tekshirish tartibiga o‘zgartish kiritildi. Biroq bu barcha hujjatlarni telefon orqali ko‘rsatish mumkin degani emas.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tushuntirishicha, haydovchi biometrik pasport yoki ID-kartani asl nusxada o‘zi bilan olib yurishi lozim. Inspektor talab qilganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi.

Qolgan ayrim hujjatlar elektron bazalar orqali tekshiriladi. Ular quyidagilar:

• Haydovchilik guvohnomasi
• Texnik pasport
Sug‘urta polisi
• Ishonchnoma
• Oyna tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma

Inspektor mazkur ma’lumotlarni davlat axborot tizimlaridan oladi.

Demak, avtomobil boshqarish uchun pasport yoki ID-kartaning jismoniy nusxasi hali ham shart. Boshqa asosiy hujjatlarni esa elektron tarzda tekshirish mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar