date

O‘zbekiston maktablarida rostdan ham qog'oz kundaliklarga o'tiladimi?

O‘zbekiston maktablarida rostdan ham qog'oz kundaliklarga o'tiladimi?

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston maktablarida an’anaviy (qog‘oz) kundaliklar va sinf jurnallari qayta joriy etilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ushbu holatga munosabat bildirib, xabarlarni rad etdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Prezidentning 2018 yil 5 sentabrdagi 3931 sonli qarori hamda 2019 yil 29 apreldagi 5712 sonli farmoniga muvofiq, mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning baholari va davomati “eMaktab” elektron jurnal tizimi orqali yuritilmoqda.

Mazkur tizim o‘qituvchilar ish yukini yengillashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda baholashda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, ota-onalarga farzandlarining o‘qishdagi holatini masofadan kuzatish imkoniyati yaratilgan.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan maktablarga qog‘oz kundalik va jurnallarni qayta joriy etish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston maktablarida rostdan ham qog'oz kundaliklarga o'tiladimi?