Bank qarzini uzolmagan mijozning yuk mashinasi musodara qilindi

Majburiy ijro byurosining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan navbatdagi amaliy tadbirlar amalga oshirildi. Bu harakatlar sud qarorlarini bajarish va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan.
Jumladan, boshqarmaning alohida muhim ishlar bo‘yicha sho‘’basi inspektorlari tomonidan sud qarorining ijrosini ta’minlash doirasida qarzdorga nisbatan majburiy ijro choralari ko‘rildi.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro "Biznesni rivojlantirish banki" foydasiga 2 milliard so‘mdan ortiq qarzni to‘lashi belgilangan. Ushbu qarorni bajarish uchun qarzdorga tegishli va garovda turgan yuk mashinasi (fura) xatlab olindi va qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
Mulkni saqlash, qiymatini belgilash va keyinchalik uni qonuniy tartibda sotish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Hozirda qarzdorlikni to‘liq undirish va sud qarorini so‘zsiz bajarish uchun ishlar davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!