Ayollarni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni aldab, ularni Turkiyaga olib chiqib sotishni rejalashtirgan jinoiy guruh fosh etildi.
Guruh 1997, 1998 va 2003-yillarda tug‘ilgan bir ayol va ikki erkakdan iborat bo‘lib, oldindan til biriktirgan. Ular moddiy manfaat evaziga fuqarolarni shahvoniy ekspluatatsiyaga yuborishni ko‘zlagan. Surxondaryo va Qashqadaryodan bo‘lgan ikki ayolning ishonchiga kirib, Turkiyada ish va’da qilingan.
Aslida esa ularni Istanbulga yuborib ekspluatatsiya qilish rejalashtirilgan. 3 fevral kuni Toshkent–Istanbul reysi uchun hujjatlar rasmiylashtirilayotganda guruh ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing