Toshkentda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

1 daqiqa o'qish2K
Toshkentda “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi

Toshkent shahrida “Umra” ziyorati bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlanib, gumonlanuvchilar tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda “A.A.” MCHJning norasmiy ishchisi A.A. hamda boshqa shaxslar fuqaro G.B. va uning ota-onasiga “viza” hujjatlarini tayyorlab, Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilgani aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ular jami 3 150 AQSh dollari evaziga “Umra”ga yuborishni va’da qilib, oldindan bo‘nak sifatida 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va ish tafsilotlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilishi kutilmoqda. Bunday vaziyatlar ko‘payayotgan bir paytda “Umra viza qilib beraman” degan takliflarga uchmaslik, rasmiy litsenziyasi bor tur-operator va hujjatlarni tekshirish — keyin afsus qilmaslikning eng oson yo‘li.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?