Ijtimoiy tarmoqlarda bukmeker reklamasi uchun blogerlar jazoga tortilmoqda

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan reklamalarni qonunchilik talablariga mosligi bo‘yicha muntazam kuzatayotganini bildirdi. O‘rganishlar davomida ayrim mashhur sahifalarda bukmekerlik xizmatlari targ‘ib qilingani aniqlangan.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, yuz minglab kuzatuvchiga ega blogerlar o‘z sahifalarida bukmekerlik reklamalarini joylashtirgan. Shuningdek, qimor o‘yinlarini “sahna ko‘rinishi” ko‘rinishida targ‘ib qiluvchi videoroliklar ham tarqatilgani qayd etilgan.
Aniqlangan materiallar F. Shirinboyeva ( @clemenskoelpin ) hamda D. Baxtiozin ( @mjova41, @Damirrxon ) sahifalariga tegishli ekani ko‘rsatilgan. Holat bo‘yicha blogerlar belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.
Qo‘mita bunday reklama va kontentlar iste’molchilarni chalg‘itishi, xavfli odatlarni ommalashtirishi mumkinligini eslatib, monitoring davom etishini bildirdi. Ya’ni “obunachi ko‘p” — “javobgarlik yo‘q” degani emas: reklama bo‘lsa, qoidasi ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!