«Energosavdo» Jizzax filiali xodimi 10 million so‘m pora bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish174
«Energosavdo» Jizzax filiali xodimi 10 million so‘m pora bilan ushlandi

Jizzax viloyatida elektr tarmog‘i bilan bog‘liq qoidabuzarlikni “yumshatib qo‘yish”ga urinish qimmatga tushdi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, «Energosavdo» filiali Jizzax shahar bo‘limida ishlovchi E.M.ni pul olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.

Ma’lum qilinishicha, S.M.ga tegishli oilaviy korxonaning ishlab chiqarish sexida elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish holati aniqlangan. Ammo mazkur qoidabuzarlik yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirmaslik, ya’ni hujjatni “chiqarmay qo‘yish” evaziga korxona rahbaridan 10 million so‘m talab qilingan va pul olinayotgan vaqtda xodim qo‘lga tushgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Qisqasi, elektrni noqonuniy ulash ham muammo, uni “pul evaziga yopish” esa ikki karra muammo. Endi bu ishga nuqtani tergov qo‘yadi — kim aybdor, kim haq, barchasi rasmiy tartibda aniqlanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?