O‘zbekiston hududlarida quduqlardan barqaror gaz oqimi olindi

1 daqiqa o'qish269
O‘zbekiston hududlarida quduqlardan barqaror gaz oqimi olindi

"O‘zbekneftgaz" AJ qaramog‘idagi beshta quduqdan sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi, deb kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston hududida yangi, yuqori bosimga ega gaz koni aniqlangan. Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida uchta, Buxoro viloyatida esa bitta quduqdan ham sanoat ahamiyatiga molik gaz oqimi qayd etilgan.

Hozirda mazkur quduqlarda gazning debiti, ya’ni sutkalik hajmi hamda tarkibini aniqlash bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar natijalarga tayanilgan holda keyingi ish rejalarini belgilashi aytilmoqda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, quduqlarni qayta ta’mirlash ishlari ham samara beryapti. Jumladan, Ustyurt hududida joylashgan va avval zaxiralari tugagan deb baholangan Shimoliy Berdaq konining 7 son qudug‘i ta’mirdan keyin qayta ishga tushirildi.

Natijada ushbu quduqdan yana sanoat miqyosida tabiiy gaz chiqarishga erishilgan. "O‘zbekneftgaz" bunday tadbirlar qazib chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishini qayd etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?