Rossiyada o‘zbekistonlik erkak bola 7 qavatdan qulayotganda uni ushlab qoldi

1 daqiqa o'qish2.6K
Rossiyada o‘zbekistonlik erkak bola 7 qavatdan qulayotganda uni ushlab qoldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Petroza vodskaya ko‘chasida 7 yoshli bola uyning yettinchi qavati karniziga chiqib qolgan. Qo‘shnilar uni xonaga qaytishga chaqirgan, ammo bola javob bermagan.

Oradan bir necha soniya o‘tib, u muvozanatni yo‘qotgan holda pastga qulagan. Voqea joyida bo‘lganlar bu holatni qo‘rquv bilan kuzatgani aytilmoqda.

Shu payt uy oldida ishlab turgan, O‘zbekistonda tug‘ilgan Xayrullo ismli erkak ochiq deraza yonida bolani avvalroq payqagan. U bola tashqariga chiqmoqchi bo‘layotganini anglab, yaqinlashib vaziyatni nazorat qila boshlagan.

Xabarga ko‘ra, bola boshi bilan pastga qulayotgan mahalda Xayrullo uni havoda ushlab qolgan. U bolani bag‘riga bosib, zarbaning og‘irligini kamaytirishga erishgan.

Shundan so‘ng u bolani ko‘p qavatli uy yo‘lagiga olib kirgan. Qo‘shnilar tez yordam chaqirguncha, Xayrullo bolani hushiga keltirish uchun harakat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, bola tirik qolgan va hozir reanimatsiya bo‘limida. Shifokorlar uning ahvolini barqaror deb baholagan.

Xayrullo ham yengil tan jarohatlari olgan, biroq og‘ir shikastlar qayd etilmagan. Voqea ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokama qilinmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?