Toshkentda kontrabanda 179 ta iPhone savdosi fosh etildi

1 daqiqa o'qish132
Toshkentda kontrabanda 179 ta iPhone savdosi fosh etildi

Toshkent shahrida iPhone mobil qurilmalarining noqonuniy aylanmasiga bog‘liq navbatdagi holatlar fosh etildi. Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi matbuot xizmatiga ko‘ra, tezkor tekshiruvlar davomida jami 179 dona telefonning “qora bozor” orqali sotilishiga chek qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, Kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari Chilonzor tumanida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan, noqonuniy yo‘llar bilan respublikaga olib kirilgan 255 million so‘mlik 102 dona iPhone “shartli xaridor”ga sotilayotgan vaqtda to‘xtatib qolgan.

Shuningdek, Shayxontohur tumani yaqinidagi savdo majmuasi atrofida 207 million 900 ming so‘mlik 77 dona telefon ham “shartli xaridor”ga taklif qilinayotgan paytda aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.

Ayni paytda mazkur holatlar bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, 2026 yil boshidan buyon mazkur kompleks bojxonachilari 35 ta holatda jami 1 milliard 727 million so‘mlik 377 dona uyali aloqa vositalarining noqonuniy aylanmasini bartaraf etgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?