date

7 qavatdan qulayotgan bolani tutgan o‘zbek qahramoni

7 qavatdan qulayotgan bolani tutgan o‘zbek qahramoni

Rossiyada 7-qavatdan tushib ketish arafasida qolgan bolani tutib qolgan Xayrullo Ibodullaev hodisa qanday kechganini so‘zlab berdi. Uning aytishicha, o‘sha kuni ishga chiqqanida yuqori qavatlardan ikki ayol pastga qarab qattiq baqirayotganini eshitgan.

Shundan keyin Xayrullo deraza oldida o‘ynab o‘tirgan bolani payqab qoladi. Vaqtni boy bermasdan, bolaga ovoz bergan

Kirgin ichkariga tushib ketasan deb baqirdim bola esa gapni olmadi kirmadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, biroz ishi bilan mashg‘ul bo‘lsa-da, xayoli hamon o‘sha bolada bo‘lgan. Va xavotiri bekor emas ekan

To‘satdan bola osilib qolgan. Bu manzarani ko‘rgan Xayrullo darhol uning tagiga yugurib borib, bolani tutib qolishga urinadi. Bir zum ichida taqdir hal bo‘ladi bola qattiq zarba bilan tushadi

Bola nafas ololmay qoldi men darrov yordam berdim massaj qildim deb eslaydi u

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bola hozir reanimatsiyada, ahvoli barqaror. Bir necha joyi singan, jumladan oyog‘i va ichki a’zolari jarohatlangan. Qahramonlik ko‘rsatgan o‘zbekistonlik erkakning ham qo‘l panjalari va qovurg‘asi singani aytilmoqda.

Xayrullo Ibodullaevning bu jasorati e’tiborsiz qolmadi. U to‘rtinchi “Tigran Keosayan” mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, rag‘bat sifatida unga bir million rubl miqdorida pul mukofoti ham berilmoqchi.

Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoevning 23 fevral kungi farmoni bilan Xayrullo Ibodullaev “Jasorat” medali bilan ham mukofotlangan.

Ba’zan qahramonlik kino kadri emas oddiy bir ish kunida ham tug‘iladi. Eng muhimi bu jasorat ortida bitta bolaning hayoti qoldi va bu hammadan katta g‘alaba.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » 7 qavatdan qulayotgan bolani tutgan o‘zbek qahramoni