Shahar chumchuqlari fastfud sabab semirib ketmoqda: tabiatda yangi xavotir

1 daqiqa o'qish9.4K
Shahar chumchuqlari fastfud sabab semirib ketmoqda: tabiatda yangi xavotir
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Shaharlardagi fastfud shoxobchalari atrofida yashaydigan chumchuqlarda ortiqcha vazn belgilari kuzatilmoqda.
  • Qoldiq ovqat, non ushoqlari, shirin va yog'li mahsulotlar ularning tabiiy ratsionini o'zgartirib, gormonal muvozanatga salbiy ta'sir qilishi hamda ko'payish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.
  • Biologlar sun'iy yorug'lik, doimiy shovqin va shahardagi g'ayritabiiy ritm ham qushlarning tabiiy harakati va biologik soatiga ta'sir qilayotganini aytmoqda.

Shaharlardagi tezkor ovqatlanish shaxobchalari atrofida kuzatilayotgan yana bir g‘ayrioddiy holat olimlar e’tiborini tortmoqda: odatda chaqqon va yengil harakatlanadigan chumchuqlarda ortiqcha vazn belgilarini ko‘rish mumkin bo‘layapti. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holat shunchaki tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarish emas, balki shahar muhiti yovvoyi qushlar tabiiy hayotiga qanday ta’sir qilayotganini ko‘rsatuvchi jiddiy signaldir. Sog‘liqqa zararli oziq-ovqat ko‘p to‘plangan muhitni jamoat salomatligi adabiyotida hatto “food swamp” — ya’ni nosog‘lom ovqat muhiti, deb ham atashadi.

Aytilishicha, chumchuqlar avval yovvoyi qushlar uchun xos bo‘lmagan, hazm qilish qiyin sanalgan “tezkor uglevodlar”ga moslashib bormoqda. Ya’ni shaharda qoldiq ovqat, non ushoqlari, shirin va yog‘li mahsulotlarga yaqin yashayvergan qushlar asta-sekin o‘z ratsionini ham o‘zgartirib yuborgan. Bu esa tabiiy ozuqa zanjiridan chekinish degani.

Eng xavotirlisi, ortiqcha vazn qush organizmida faqat semirish bilan cheklanib qolmaydi. Ta’kidlanishicha, bunday holat gormonal muvozanatga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Natijada ko‘payish qobiliyati pasayishi, tabiiy rivojlanish jarayonlarida izdan chiqish kuzatilishi mumkin. Bu esa oddiy ko‘ringan ekologik o‘zgarish aslida butun populyatsiyaga ta’sir qiluvchi muammoga aylanishi ehtimolini kuchaytiradi.

Mutaxassislar shu kabi o‘zgarishlar faqat qushlarda emas, balki metabolizmi insonnikiga ma’lum darajada o‘xshash bo‘lgan sutemizuvchilarda ham uchrashi mumkinligini aytmoqda. Demak, shahar muhitidagi oziqlanish madaniyatining buzilishi tabiat uchun ham “tezda sezilmaydigan, ammo chuqur” oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin.

Biologlar yana bir muhim omilga e’tibor qaratyapti: shaharlarda hayvonlar ham odamlar kabi “yorug‘lik ifloslanishi”dan aziyat chekmoqda. Kechasi haddan tashqari yorug‘ muhit, doimiy shovqin, sun’iy ritm — bularning barchasi jonivorlarning tabiiy harakati va biologik soatiga ta’sir qiladi. Shunga qaramay, ko‘plab mayda qushlar baribir shaharga intiladi. Sababi oddiy: shaharlarda yirtqich qushlar nisbatan kamroq uchraydi va bu kichik turlar uchun tirik qolish imkoniyatini oshiradi.

Qisqasi, shahar chumchuqlari endi faqat “shaharga moslashgan qush” emas — ular inson yaratgan muhitning tirik oqibatiga aylanib bormoqda. Fastfud, sun’iy yorug‘lik va oson ozuqa ularga qulaylik bergandek tuyuladi, ammo bu qulaylik ortida tabiat uchun yangi xavf yashirinib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?