Andijonda ZIL yuk mashinasi urib ketgan 9 yoshli bola vafot etdi

1 daqiqa o'qish224
Andijonda ZIL yuk mashinasi urib ketgan 9 yoshli bola vafot etdi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 9 yoshli bola yo‘l-transport hodisasi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 fevral kuni soat 15:56 larda “Eski Markaz” MFY hududidan o‘tgan D 105 avtomobil yo‘lining “Farg‘ona halqa yo‘li” 103 kilometrida ZIL-130 rusumli yuk mashinasi ishtirokida hodisa sodir bo‘lgan.

2002 yilda tug‘ilgan haydovchi A.J. boshqaruvidagi yuk transporti tartibga solingan chorrahadagi piyodalar o‘tish joyidan keskin yugurib chiqqan 2017 yilda tug‘ilgan H.M.ni urib yuborgan. Nazoratni yo‘qotgan haydovchi chorrahada to‘xtab turgan Cobalt avtomobiliga ham to‘qnashgan.

Og‘ir tan jarohati olgan voyaga yetmagan piyoda shifoxonaga olib borilgan. Biroq shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bola vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?