Qoidabuzarligini “maqtanib” aytgan yigit keyin uzr so‘radi

1 daqiqa o'qish273
Qoidabuzarligini “maqtanib” aytgan yigit keyin uzr so‘radi

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, Uzbelas Performance avtoservisi rahbari Asadbek Jumayev ishtirok etgan videointervyu o‘rganib chiqilgan. Mazkur chiqish ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 2026-yil 16-yanvardagi qaroriga ko‘ra, A.Jumayev Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari — 8,4 mln so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Bosh prokuratura esa holatga qo‘shimcha huquqiy baho berish maqsadida 26-fevral kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protest kiritganini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil yanvar oyida tarmoqlarda Toshkent shahri Shahrisabz ko‘chasida BMW rusumli ikki transport vositasi YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangani aks etgan video tarqalgan edi. Kadrlarda haydovchilardan biri inspektorni ko‘rganida tezlikni pasaytiradi, ammo to‘xtamasdan ketib qoladi, xodim esa mashina ortidan jezlini otgan holda qolib ketgani ko‘rinadi.

Bloger Malik Muhamedov Asadbek Jumayevdan intervyu olib, aynan shu voqea haqida fikrini so‘ragan. Jumayev esa mazkur holat uchun boshqalar 15 sutkaga qamalishi mumkinligini, ular esa jarima bilan “qutilib qolgani”ni aytgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?