Jasorat ko'rsatgan marhum inspektor oilasi uy bilan ta'minlandi

1 daqiqa o'qish218
Jasorat ko'rsatgan marhum inspektor oilasi uy bilan ta'minlandi

Toshkent shahrida xizmat burchini bajarish chog'ida halok bo'lgan yo'l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovning oilasi davlat e'tiboriga olindi. Xizmat vazifasini o'tash vaqtida voyaga yetmagan shaxs boshqaruvidagi avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etgan xodimning yaqinlariga poytaxtdan yangi xonadon kalitlari topshirildi.

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan tantanali tadbirda marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarovning ko'rsatgan jasorati alohida e'tirof etildi. Yig'ilishda xodimning otasiga davlatimiz rahbari farmoni bilan berilgan “Jasorat” medali tantanali ravishda topshirildi. Ushbu tadbirda marhumning onasi, turmush o'rtog'i va farzandlari ham ishtirok etishdi.

Eslatib o'tamiz, Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori bo'lgan Hosilbek Eshnazarov joriy yilning 3 mart kuni o'z xizmat vazifasini bajarish chog'ida halok bo'lgan edi. Uning ko'rsatgan mardligi va fidoyiligi davlatimiz tomonidan yuksak baholanib, vafotidan so'ng “Jasorat” medali bilan mukofotlangan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?