Vazirlik xodimi 100 ming dollar pora bilan ushlandi

1 daqiqa o'qish1.2K
Vazirlik xodimi 100 ming dollar pora bilan ushlandi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining mas'ul xodimi korrupsiya jinoyati ustida qo'lga olindi. Ta'lim tashkilotlarini litsenziyalash bo'limi yetakchi mutaxassisi o'z lavozimidan foydalanib, noqonuniy daromad orttirishga uringan.

Aniqlanishicha, gumonlanuvchi Qarshi shahridagi nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan birining Surxondaryo viloyatida filial ochishiga ruxsat beruvchi litsenziyani tez fursatda ijobiy hal qilib berishni va'da qilgan. Buning evaziga u universitet vakilidan 100 ming AQSH dollari miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida vazirlik mutaxassisi Toshkent shahrida kelishilgan pul mablag'ini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?