Qizlar uchun ta'limda yangi imtiyozlar joriy etiladi

1 daqiqa o'qish4.6K
Qizlar uchun ta'limda yangi imtiyozlar joriy etiladi

Yangi o'quv yilidan boshlab yurtimizda xotin qizlarning ta'lim olishi va ilmiy izlanishlarini rag'batlantirish bo'yicha muhim yangiliklar joriy etilmoqda. Xususan, maktabni tamomlab, davlat texnikumlariga o'qishga kirgan qizlar endilikda to'liq grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu qadam yoshlarning kasbiy ko'nikmalarni egallashiga va kelajakda munosib ish topishiga katta yordam beradi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi xotin qizlar uchun ajratiladigan davlat granti kvotalari ikki baravarga oshirilishi rejalashtirilgan. Nufuzli xalqaro reytingdagi top 300 talik oliygohlar bilan hamkorlikda magistratura bosqichida o'qiyotgan talaba qizlarning kontrakt to'lovlari ham to'liq davlat hisobidan qoplab beriladi.

Bundan tashqari, xotin qizlarning innovatsion g'oyalarini ro'yobga chiqarish maqsadida har yili kamida 10 ta yo'nalish bo'yicha startap tanlovlari tashkil etiladi. Ushbu tanlovlarda g'olib chiqqan har bir loyiha muallifiga 500 million so'mgacha grant mablag'lari ajratiladi. Mazkur tashabbuslar mamlakatimizda xotin qizlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash va ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?