Farg'onada 101 ming dollar pora talab qilgan soliqchi ushlandi

1 daqiqa o'qish984
Farg'onada 101 ming dollar pora talab qilgan soliqchi ushlandi

Farg'ona tumani soliq inspeksiyasi bosh inspektori noqonuniy yo'llar bilan boylik orttirishga urinayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo'lga olindi. Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko'ra, mansabdor shaxs o'z tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 10 gektar qishloq xo'jaligi yerini tadbirkorga olib bermoqchi bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, soliqchi ushbu yer maydonini sayyohlik maskani qurish uchun ajratib berish hamda uning toifasini o'zgartirish evaziga tadbirkordan jami 101 ming dollar talab qilgan. DXX va Ichki ishlar vazirligining Namangan viloyati boshqarmalari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, gumonlanuvchi 20 ming dollar miqdoridagi pulni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari davomida soliq inspektoriga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?