Qoraqalpog‘istonda marixuananing yashirin aylanmasi fosh etildi

Qoraqalpog‘istonda marixuananing yashirin aylanmasi fosh etildi

Qoraqalpog‘istonda giyohvandlik vositalarining yashirin aylanmasiga chek qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Ellikqal’a tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda Davlat bojxona xizmati Telegram kanalida xabar berildi.

Tadbir davomida tuman hududida avtomobilda harakatlanayotgan fuqaro to‘xtatilib, tekshirildi. Undan ikki dona qog‘oz o‘ramga joylangan, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quritilgan yaproqsimon modda aniqlandi.

Qoraqalpog‘istonda marixuananing yashirin aylanmasi fosh etildi

Mazkur moddaning o‘ramlari bilan birgalikdagi umumiy og‘irligi 3,37 grammni tashkil etgan. Aniqlangan ashyo belgilangan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Nukus shahri hududida ham giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holat aniqlangan. «Taxiatosh – Nukus» yo‘nalishida harakatlanayotgan transport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Tekshiruv vaqtida yo‘lovchining buyumlari orasidan jami 10,57 gramm marixuana topilgan. Aniqlangan giyohvandlik moddasi tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar