Namanganda 93 yoshli momoga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

Namanganda 93 yoshli momoga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

Namanganda 93 yoshli momoga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi

Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi 93 yoshli Ko‘paysin momo Sotivoldiyevaga ilk bor tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Onaxonning shaxsiy hujjatlarini tiklash maqsadida Chust tumani adliya bo‘limi sudga murojaat qilgan. O‘rganishlar davomida Ko‘paysin momoning 1933 yil 2 mart kuni tug‘ilgani rasman tasdiqlandi.

Sud qaroridan so‘ng onaxonga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiy tartibda topshirildi. Ushbu hujjat uning ijtimoiy va huquqiy masalalarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar