Toshkentda korrupsiya fosh bo‘ldi: mansabdor pora olganda ushlandi

1 daqiqa o'qish309
Toshkentda korrupsiya fosh bo‘ldi: mansabdor pora olganda ushlandi

Toshkent shahrida korrupsiya fakti aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumot berdi.

Maʼlum qilishlaricha, DXXning Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorlikda tezkor va maqsadli tadbir tashkil etdi. Tadbir davomida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ rahbaridan 1 500 AQSH dollari pora olgan vaqtda ushlandi.

Qo‘lga olish jarayonida vazirlik bosh mutaxassisi qochishga uringan bo‘lsa-da, tezkor xodimlar uni darhol ushlab qoldi.

Toshkentda korrupsiya fosh bo‘ldi: mansabdor pora olganda ushlandi

Tekshiruv maʼlumotlariga ko‘ra, u Yunusobod tumanidagi 6 ta uyga xizmat ko‘rsatish huquqini bir MCHJdan boshqa MCHJga o‘tkazishga oid uy-joy mulkdorlari imzolagan dalolatnomalarni “Mening uyim” platformasida ro‘yxatdan o‘tkazib berishni vaʼda qilgan. Shuning evaziga 2 200 AQSH dollari talab qilgan. U bu jarayonni o‘z mansabdor tanishlari orqali hal qilishni rejalashtirgan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari faol davom etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?