Qo‘qonda bank xodimi mijozini o‘ldirib, jasadni kanalda yashirishga urindi

1 daqiqa o'qish561
Qo‘qonda bank xodimi mijozini o‘ldirib, jasadni kanalda yashirishga urindi

Qo‘qon shahrida bank xodimi tomonidan sodir etilgan vahshiylik voqeasi tergovga tortildi. Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qilishicha, shahardagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan. U mijozni o‘ldirib, jasadni Katta Farg‘ona kanaliga tashlaganini iqror bo‘lgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchi S.E. 31 mart kuni avtomashina uchun kredit olish maqsadida bank filialiga kelgan. U bilan kredit bo‘limi xodimi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. So‘ng ular Tracker rusumli avtomashinada O‘zbekiston tumani “Taraqqiyot” MFY hududiga yo‘l olgan. Bu yerda A.T. oshxona pichog‘i bilan S.E.ni bo‘yin sohasiga bir necha marta urib, qasddan o‘ldirganini tan olgan.

Jasad ish joyida qoldirilib, A.T. ishini davom ettirib, soat 19:00 larda avtomashinasini olib Katta Farg‘ona kanalining O‘zbekiston tumani, To‘lash mahallasi hududiga kelib, jasadni suvga tashlagan.

Hozirda jinoyat ishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. Jabrlanuvchining jasadi hali topilmagan, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Qidiruv ishlariga FVVning Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari jalb etilgan bo‘lib, mahalliy aholi vakillari ham izlash ishlari davomida ishtirok qilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?