Uchtepada 720 mln. so‘m soliq qarzi uchun tijorat obyekti xatlandi

1 daqiqa o'qish120
Uchtepada 720 mln. so‘m soliq qarzi uchun tijorat obyekti xatlandi

Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvida Toshkent shahar soliq boshqarmasining 16 ta qaroriga asosan, “SIPB” MCHJdan 720 mln so‘m miqdorida soliq qarzdorligini undirish bo‘yicha ijro ishlari olib borilmoqda.

Qarzdor tashkilotga qonunchilikda belgilangan tartibda bir necha bor ogohlantirish va talabnomalar yuborildi, shuningdek, bank hisobvaraqlaridan undirish choralari ham ko‘rildi. Ammo shunga qaramasdan, qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmadi.

Shu sabab, majburiy ijro harakatlari doirasida qarzdorga tegishli bo‘lgan noturar bino — tijorat obyekti aniqlanib, davlat byudjetiga yetkazilgan zararni qoplash maqsadida xatlovga olindi. Hozirda ushbu obyektni “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ochiq auksionga chiqarish ishlari olib borilmoqda.

Soliq to‘lovlari har bir tadbirkor va tashkilotning qonuniy majburiyati hisoblanadi. Ularni o‘z vaqtida to‘lamaslik qarzdorlikning ortishiga, bank hisobvaraqlarining bloklanishiga, mol-mulkka taqiq qo‘yilishiga va hatto uni majburiy tartibda sotilishiga olib keladi.

Shuni unutmaslik kerakki, soliq qarzini eʼtiborsiz qoldirish oxir-oqibat mulkdan ajralib qolish va yana-da katta moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?