Befarqlik emas, ona mehri g‘olib keldi...

1 daqiqa o'qish206
Befarqlik emas, ona mehri g‘olib keldi...

FIB Yakkasaroy tumanlararo sudining 2023 yil 19 maydagi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor ona G.M.dan undiruvchi I.I. foydasiga ikki nafar farzandi taʼminoti uchun daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Sergeli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Biroq, qarzdor ona bir necha marotaba ogohlantirilganiga qaramasdan, farzandlari tarbiyasiga befarq munosabatda bo‘lib, aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan. Natijada, qarzdorlik miqdori qariyb 50 million so‘mga yetgan. Shu sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47⁴-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo‘yicha sudga yuborish masalasi ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Biroq, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari, suhbatlar va hayotiy misollar orqali qarzdor onaga farzand tarbiyasidagi masʼuliyat, mehr va eʼtiborning o‘rni yana bir bor anglatildi.

Natijada, oiladagi sovuqchilik bartaraf etilib, er-xotin o‘zaro yarashdi. Ona o‘z farzandlarini yana bag‘riga oldi, ular tarbiyasiga befarq emasligini amaliy harakatlari bilan isbotladi. Shu munosabat bilan, mazkur ijro hujjati qonunning 40¹-moddasiga asosan tamomlandi.

Qonun jazo berish uchun emas, avvalo insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, oilalarni asrash va bolalar manfaatini himoya qilish uchun xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?