Diqqat firibgarlik: Shubhali xorijiy qo‘ng‘iroqlardan o‘zingizni qanday himoya qilasiz?

2 daqiqa o'qish502
Diqqat firibgarlik: Shubhali xorijiy qo‘ng‘iroqlardan o‘zingizni qanday himoya qilasiz?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • So'nggi vaqtlarda xorijiy raqamlardan kelayotgan shubhali qo'ng'iroqlar orqali firibgarlik holatlari ko'paymoqda.
  • Jinoyatchilar IP-telefoniya va sun'iy intellekt yordamida shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash hamda mablag'larni yig'ishga urinmoqdalar.
  • Xavfsizlikni ta'minlash uchun notanish xalqaro raqamlarga javob bermaslik, ularga qayta qo'ng'iroq qilmaslik va bank karta ma'lumotlarini sir tutish tavsiya etiladi.
  • Shubhali raqamlarni darhol "qora ro'yxat"ga kiritish eng samarali himoya usuli hisoblanadi.

So‘nggi vaqtlarda yurtdoshlarimizning telefonlariga chet el raqamlaridan shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Raqamli dunyoning “ovchilari” yangicha usullar bilan fuqarolarning mablag‘lari va shaxsiy maʼlumotlariga ko‘z тикмоқда. Zamin.uz kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning ogohlantirishlari va o‘zingizni himoya qilish yo‘llari haqida maʼlumot beradi.

Texnologik niqob: Firibgarlar qanday ishlaydi?

Bugungi kunda tovlamachilar oddiy telefon tarmog‘idan emas, balki internet texnologiyalari va maxsus IP-telefoniya dasturlaridan keng foydalanishmoqda. Bu ularga o‘zlarining haqiqiy kimligini va turgan joyini yashirish imkonini beradi. Sizning ekraningizda dunyoning istalgan nuqtasiga tegishli bo‘lgan soxta raqam aks etishi mumkin. Bunday virtual raqamlar vaqtinchalik bo‘lgani bois, ularni kuzatish yoki egasini aniqlash huquq-tartibot idoralari uchun ham ancha murakkab vazifa hisoblanadi.

Qayta qo‘ng‘iroq qilish — moliyaviy tuzoq

Ko‘pincha firibgarlar «tashlab qo‘yish» (missed call) usulini qo‘llashadi. Agar siz qiziqish ustun kelib, ushbu notanish xorijiy raqamga qayta qo‘ng‘iroq qilsangiz, telefoningiz hisobidagi mablag‘lar soniyalar ichida «kuyib ketishi» mumkin. Bundan tashqari, ular o‘zlarini yirik tashkilotlar, bank operatorlari yoki xalqaro kompaniya vakillari sifatida tanishtirib, ishonchingizga kirish orqali bank kartalaringiz maxfiy kodlarini o‘g‘irlashga urinishadi.

Sunʼiy intellekt va ovoz o‘g‘rilari

Zamonaviy kiberjinoyatchilik yana-da xavfli tus olmoqda. Siz shunchaki go‘shakni ko‘tarib “Allo” deyishingiz bilan, ovoz namunangiz yozib olinishi mumkin. Keyinchalik sunʼiy intellekt yordamida ovozni qayta ishlab, yaqinlaringizga qo‘ng‘iroq qilish va sizning nomingizdan yordam so‘rash kabi dipfeyk (deepfake) hujumlari uyushtirilishi xavfi mavjud. Shuningdek, javob berilgan har bir qo‘ng‘iroq firibgarlar uchun sizning raqamingiz “faol” ekanini tasdiqlaydi va bu keyinchalik hujumlar soni yana-da ortishiga olib keladi.

Qanday himoyalanish kerak? Mutaxassislar tavsiyasi:

  • Javob bermang: Agar kutilmagan va shubhali xorijiy raqamdan qo‘ng‘iroq kelsa, go‘shakni ko‘tarmaslik eng to‘g‘ri yo‘ldir.
  • Qayta qo‘ng‘iroq qilmang: Hech qachon notanish xalqaro raqamlarga qayta aloqaga chiqmang.
  • Bloklang: Shubhali raqamlarni darhol «qora ro‘yxat»ga kiriting.
  • Maxfiylikni saqlang: Hech qachon, hech kimga bank kartasi raqamlari, amal qilish muddati va SMS orqali kelgan kodlarni aytmang.

Doimo ogoh bo‘ling va yaqinlaringizni ham ushbu xavflardan xabardor qiling. Sizning ehtiyotkorligingiz — xavfsizligingiz garovidir.

Aziz mushtariylar, sizga ham shunday shubhali qo‘ng‘iroqlar bo‘lganmi? Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgansiz?

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?