Buxoroda mast haydovchi besh yoshli bolani urib yubordi

1 daqiqa o'qish824
Buxoroda mast haydovchi besh yoshli bolani urib yubordi

Buxoroda mast haydovchi besh yoshli bolani urib yubordi

Buxoro shahrida 15 aprel kuni yo‘l harakati bilan bog‘liq jiddiy hodisa sodir bo‘ldi. Chery avtomobilini boshqarib kelayotgan haydovchi mast holatda bo‘lgani aniqlanib, yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro Alpomish ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtda piyodalarni o‘tkazish uchun to‘xtab turgan Onix avtomobilining orqa qismiga urilib ketgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda piyodalarga yo‘l berayotgan Lacetti bilan ham to‘qnashgan.

Afsuski, hodisa davomida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 2021 yilda tug‘ilgan bola ham urib yuborilgan. Shuningdek, harakat davomida yana bir transport vositasiga zarar yetkazilgan va haydovchi voqea joyidan qochib ketgan.

Tezkor surishtiruvlar natijasida haydovchining spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani tasdiqlangan. Uning mastlik holati belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasiga asosan bayonnoma tuzilgan. Haydovchi 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi va 40 baravar bazaviy hisoblash miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?