Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisiga hujum qildi

Toshkentda mast yo‘lovchi avtobus haydovchisiga hujum qildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mast yo‘lovchi avtobus haydovchisi bilan janjallashib, unga hujum qilgan. Shuningdek, erkak avtobusning old oynasini ham sindirgan.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 1 avgust kuni 98-yo‘nalishli avtobusda sodir bo‘lgan. Muqaddam sudlangan 43 yoshli erkak mast holda jamoat tartibini buzib, haydovchi bilan tortishgan.

Haydovchi uni avtobusdan tushirmoqchi bo‘lganida, yo‘lovchi old oynaga musht urib, oynani sindirgan. Shundan so‘ng u haydovchining yuz va bo‘yin qismiga bir necha bor zarba bergan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakunlari asosida voqeaga huquqiy baho berilib, qonuniy qaror qabul qilinadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar