Endi mobil raqamni onlayn MyGov orqali boshqa nomga oʻtkazish mumkin

1 daqiqa o'qish803
Endi mobil raqamni onlayn MyGov orqali boshqa nomga oʻtkazish mumkin
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Endi O'zbekistonda mobil raqamni boshqa nomga o'tkazish jarayoni MyGov orqali onlayn amalga oshiriladi.
  • Bu fuqarolarga ortiqcha ovoragarchilik va vaqt yo'qotishlardan xalos etib, jarayonni ancha soddalashtiradi.
  • Xavfsizlik uchun har ikki tomon ham MyID tizimi orqali Face-ID tasdiqidan o'tishi shart.
  • Hozircha ushbu qulaylikdan Uztelecom, Beeline va Mobiuz abonentlari foydalanishi mumkin.

Oʻzbekistonda raqamli xizmatlar yanada qulaylashib, aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Endi fuqarolar oʻzlariga tegishli mobil telefon raqamini boshqa shaxs nomiga masofadan turib, onlayn tarzda oʻtkazishi mumkin. Bu haqda MyGov portali rasman maʼlum qildi.

Avvallari bunday jarayon ancha vaqt va harakat talab qilar edi. Yaʼni raqam egasini oʻzgartirish uchun amaldagi ega va yangi foydalanuvchi birgalikda mobil operator ofisiga borishi, navbat kutishi va hujjatlarni joyida imzolashi shart edi. Endi esa bu bosqichlarning barchasi raqamlashtirilib, bir necha bosqichda onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xizmatdan foydalanish jarayoni oddiy: fuqaro My.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasiga kirib, “Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish” boʻlimi orqali ariza yuborishi kerak. Kerakli maʼlumotlar kiritilgandan soʻng, murojaat tasdiq uchun yuboriladi.

Muhim jihat — jarayonda har ikki tomon ham ishtirok etadi. Yaʼni raqamni oʻtkazayotgan shaxs ham, uni qabul qilayotgan fuqaro ham MyID tizimi orqali Face-ID tasdiqdan oʻtishi shart. Bu esa xavfsizlik va shaffoflikni taʼminlaydi.

Arizalar odatda 1 kundan 5 kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi. Hozircha mazkur xizmatdan Uztelecom, Beeline va Mobiuz abonentlari foydalanishi mumkin. Yaqin vaqtlarda boshqa operatorlar ham ushbu tizimga bosqichma-bosqich ulanishi rejalashtirilgan.

Toʻlov masalasiga kelsak, xizmat narxi har bir operatorning tarif siyosatiga qarab shakllanadi. Ayrim hollarda esa, xususan yaqin qarindoshlar oʻrtasida raqamni oʻtkazish bepul amalga oshirilishi mumkin.

Qisqasi, yangi xizmat orqali ortiqcha ovoragarchilik va vaqt yoʻqotishlarga chek qoʻyilmoqda. Bu esa raqamli Oʻzbekiston sari yana bir qadam, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?