Matyoqub Matchanov Turkiyada «Eng yaxshi erkak roli» mukofotini oldi

Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI «Qo‘rqut Ota» Turk dunyosi kinofestivalida O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchanov «Eng yaxshi erkak roli» nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Aktyor ushbu e’tirofga rejissyor Sarvar Karimov suratga olgan «Farz» filmidagi ijrosi uchun sazovor bo‘ldi.
Mazkur mukofot Matyoqub Matchanovning ko‘p yillik ijodiy faoliyati va aktyorlik mahoratiga berilgan munosib baho bo‘lish bilan birga, o‘zbek kino san’atining xalqaro maydondagi yutuqlaridan biri sifatida ham ahamiyatlidir.
Matyoqub Matchanovni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Unga kelgusidagi ijodiy faoliyatida yangi zafarlar va unutilmas rollar tilaymiz.

Ma’lumot uchun, Matyoqub Matchonov 1956 yil, 26 noyabrda Toshkentda tavallud topgan. U maktabni tugatib aktyor bo‘lish orzusida Toshkent teatr va rassomchilik oliygohiga kirgan. Ilk bor 1980 yilda suratga olingan „Dahoning yoshligi“ filmida suratga tushgan. O‘qishni tugatib faoliyatini 1985 yilda „Yosh Gvardiya“ nomidagi teatrida boshlagan. Aktyor sifatida „Bozor ko‘rmagan yigit“ filmida rolidan keyin u komik aktyor sifatida muxlislarning e’tiborini qozongan.






























Izohlar 0
…