Erondan 41 nafar o‘zbekistonlik vatanga xavfsiz olib kelindi

1 daqiqa o'qish110
Erondan 41 nafar o‘zbekistonlik vatanga xavfsiz olib kelindi

Erondan 41 nafar O‘zbekiston fuqarosi Turkmaniston orqali tranzit yo‘li bilan vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi diplomatik vakolatxonalari jarayonni muvofiqlashtirgan. Shuningdek, Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza va transport masalalari tezkor hal qilingan.

Fuqarolar Saraxs–Seraxs hamda Gaudan–Bajgiran chegara punktlarida kutib olingan. Ular diplomatik xodimlar kuzatuvida xavfsiz tarzda mamlakatga yetkazilgani aytilmoqda.

Vakolatxonalar hech bir fuqaro yordamsiz qolmasligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, vatandoshlarni qaytarish ishlari davom etayotgani bildirildi.

Eslatib o‘tish joiz, mart oyida ham Erondan qaytgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?