Toshkentda pandusni tushirishdan bosh tortgan haydovchilarga chora ko‘riladi

Toshkentda pandusni tushirishdan bosh tortgan haydovchilarga chora ko‘riladi

Toshkentda avtobus haydovchilariga nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar va bolalar aravachasidagi fuqarolar uchun panduslarni tushirish majburiyati yuklanadi. Ushbu talabni bajarishdan bosh tortgan haydovchilarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llaniladi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaroriga ko‘ra, 1 dekabrga qadar barcha avtobuslar va metro bekatlaridagi panduslar hamda boshqa moslamalarning texnik holati qayta tekshiriladi. Aniqlangan nosozlik va kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, avtobuslarning bekatlarda to‘xtash tartibi ham qat’iy nazoratga olinadi. Haydovchilar transport vositasini bekat maydonchasidagi bordyurga imkon qadar yaqin qilib to‘xtatishi shart. Ushbu qoidaga amal qilmaganlarga nisbatan intizomiy va moliyaviy choralar belgilangan. Talablar bajarilishi videokuzatuv kameralari orqali nazorat qilinadi.

Qarorda qayd etilishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar aravachasidan foydalanuvchilar jamoat transportida harakatlanishda qator qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunga avtobuslarning gavjumligi, haydovchilarning panduslarni tushirishdan bosh tortishi hamda transport vositalarining bordyurdan uzoqroqda to‘xtashi asosiy muammolar sifatida ko‘rsatilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar